Yangi talqinga o'tish
image

📱 Raqamli hujjatlar MyGov mobil ilovasida!

01.07.2025

💬 Bugun, 1-iyuldan MyGov mobil ilovasida raqamli servislar ishga tushirildi! 

❗️ Endi pasportingiz, ID-kartangiz, diplomingiz kabi hujjatlarni yoningizda olib yurishga hojat qolmaydi – ular doim qo‘l ostingizda, mobil qurilmangizda bo‘ladi!

☄️ Bu turdagi raqamli hujjatlar banklar, notarial idoralar, aeroportlar (ichki reyslar), poyezdlar, davlat va korporativ xizmat ko‘rsatish jarayonlarida va boshqa holatlarda qog‘oz hujjat o‘rnini bosadi.

⌛ Noto‘g‘ri talqinlarning oldini olish uchun quyidagilarga e’tibor bering!

⏺ Fuqaro faqat o‘z telefoni orqali rasmiy MyGov ilovasiga kiradi.
⏺ Shaxsiy kabinetidan kerakli hujjatni (masalan, pasport) tanlaydi.
⏺ Ekranda hujjatning raqamli shakli va haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod ko‘rinadi – uni taqdim etishi kerak bo‘ladi.

📱 Tashkilotlar raqamli hujjatni tekshirish uchun MyGov ilovasining "MyScan" funksiyasini ochadi.
⌨️ Taqdim etilgan QR-kodni skaner qiladi.
🪪 Chiqqan ma’lumotlarni fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari bilan solishtiradi. 

❗️ Bu muhim!
Faqat rasmiy MyGov ilovasidan foydalaning. 
Boshqa shaxs tomonidan yoki o‘zga manbalardagi ma’lumotlar hamda hujjatlarning rasmlari, nusxalari qabul qilinmaydi!

🌐 Raqamli servislar asl qog‘oz hujjatlaringiz asosida shakllantiriladi.

👉 MyGov ilovasini hoziroq yuklab oling: android / iOS

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting