Yangi talqinga o'tish
image

☄️ MyGov'dan YANADA KO'PROQ QULAYLIKLAR!

27.06.2025

📱 MyGov ilovasining yangilangan talqini hayotingizni yanada osonlashtiradigan ajoyib imkoniyatlar bilan boyidi. Endi davlat xizmatlari sizga har qachongidan ham yaqinroq bo'ldi.

❗️ Raqamli hujjatlar — hammasi smartfoningizda!

🗣 Test sinovi tariqasida raqamli hujjatlar ishga tushirildi! Ma'lumot uchun: shu yilning 1-iyulidan boshlab ko'plab raqamli hujjatlarning qog'oz shaklini yoningizda olib yurishingiz shart bo'lmaydi. Barcha kerakli hujjatlar endi doim qo'l ostingizda, MyGov ilovasida!

❗️ Avtomobil egalari uchun qo'shimcha qulayliklar!

🗣 Endi avtotransportga taalluqli barcha xizmatlarni oson va qulay tarzda boshqarishingiz mumkin. Shuningdek, avtomobilingizga tegishli ma'lumotlarni monitoring qilish, xususan, yo'l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to'g'risida ma'lumot olish imkoniyati ham mavjud.

❗️ Eng muhimi — yangi "Avtoxabar" xizmati ishga tushdi! 

🚗 Endi avtotransportning davlat raqamini yozish orqali zarur hollarda, avtomobil egasiga mashina joylashgan joylashuv bilan birgalikda xabar yuborish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu xizmat orqali:
⏺ Mashina qulflanmay qolsa;
⏺ Yo'lni boshqa transport vositasi to'sib qo'ysa;
⏺ Yoki boshqa muhim holatlar bo'yicha xabar tezda egasiga yetkaziladi.

🟡 Ushbu qulayliklar vaqtingizni tejab, muammolarni tezkor hal qilishga yordam beradi!

📱 MyGov ilovasini yangilab olishni unutmang!

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting