Har yili 14-iyun kuni Jahon qon donorlari kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana ko‘ngilli donorlarga minnatdorchilik bildirish va jamiyatda qon topshirishning ahamiyatini targ‘ib qilish uchun muhimdir.
O‘zbekistonda donorlikning ahamiyati ortib bormoqda. Qon topshirish orqali siz faqat bemorga yordam bermaysiz, balki hayotni saqlab qolasiz. MyGov jamoasi barcha donorlik uchun qon topshirgan va topshirayotgan insonlarga minnatdorchilik bildirib qoladi
Bir tomchi qon – bir umrga teng. Keling, bugun hayot baxsh etaylik!