Yangi talqinga o'tish
image

❗️ Abituriyentlar uchun muhim yangilik!

05.06.2025

⚡️2025/2026 o‘quv yili uchun my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishga start berildi! 

🧑‍💻 Aziz abituriyentlar, kutilgan onlar keldi! Bugun, 5-iyundan 2025/2026 o‘quv yili uchun Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

✨ Bu yil ham qabul jarayonlari "avval test, so‘ng tanlov" tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Va bu sizga ko‘proq imkoniyat beradi!

👍 Ya’ni avval test sinovida to‘plagan balingizga qarab, oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishiga, keyin esa Professional ta’lim muassasalariga (kollej va texnikumlar) o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etasiz.

📆 Kirish imtihonlari: Iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni 2 bosqichda:

1️⃣-bosqich (5-iyundan 25-iyungacha — 25-iyun kuni ham):
💬 Test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tasiz.
💬O‘zingizning fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaysiz.
💬 Agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, uni topshiradigan davlat OTMni belgilaysiz.

2️⃣-bosqich (test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 15 kun davomida):
💬 Oliy ta’lim muassasasi;
💬 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
💬 Ta’lim shaklini tanlaysiz.

🏛 Kollej va texnikumlarga-chi? OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini tanlaysiz.

🗣 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting