Yangi talqinga o'tish
image

☄️ my.gov.uz dan IYUN OYI YANGILIKLARI!

31.05.2025

❗️ my.gov.uz dan yangiliklar mavsumini qarshi oling! Iyun oyida foydalanuvchilarimizga qanday qulayliklarni taqdim etamiz?

🔵 Jarima ballaringiz nazoratda! 
Endi yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun toʻplagan jarima ballaringizni my.gov.uz orqali onlayn tekshirishingiz mumkin. Qaror raqami, sanasi, asos boʻluvchi modda va bandi – barchasi aniq va shaffof! Haydovchilik hujjatlaringiz xavfsizligini taʼminlang!

🔵 Telefon raqamlari qo’l ostingizda! 
Oʻz nomingizga rasmiylashtirilgan barcha mobil telefon raqamlari haqida maʼlumot oling.

🔵 17 turdagi hujjatlarning elektron talqini kuchda!
Pasport, diplom, nikoh guvohnomasi va boshqa 17 turdagi shaxsiy hujjatlaringizni elektron formatda saqlang va zarur boʻlganda ularning haqiqiyligini my.gov.uz orqali tekshiring. Qogʻoz hujjatlar davri oʻtmishda qoldi!

🔵 "Avto xabar" – avtomobilingiz haqida xabardor boʻling! Avtomobilingiz chiqish joyini toʻsib qoʻyganmi? Yoki boshqa favqulodda holatlar yuz berdimi? "Avto xabar" xizmati orqali avtomobil egasiga tezkor ogohlantirish yuborish imkoniyati yaratildi!

🔵 Topilgan hujjatlar bo’yicha egasiga tezkor xabar yetkaziladi! 
Agar sizning biometrik pasportingiz yoki ID kartangiz topib olinsa, endi sizga my.gov.uz orqali avtomatik xabarnoma yuboriladi. Yoʻqotish va topish jarayoni yanada tezlashadi!

📱 Hayotingizni my.gov.uz bilan raqamlashtiring va osonlashtiring!

Barcha yangiliklar

🩸 Hayotni saqla – donor bo‘l!

14-iyun — Jahon qon donorligi kuni. Donorlik – insonparvarlik va hayotni saqlab qolishning ramzidir.

13.06.2025
🎗 Bolalar mehnatiga qarshi kurash – barchamizning burchimi

12-iyun – Bolalar mehnatiga qarshi kurashishning xalqaro kuni. Bolalarni himoya qilishda davlat va jamiyat birlashmog‘i zarur.

12.06.2025
🚘 Elektromobil yoki gibrid avto bilan kira qilmoqchimisiz?

🚕 Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun! ☄️ 2030-yilning 1-yanvarigacha elektr yoki gibrid avto bilan taksi xizmatini amalga oshirayotganlar uchun — yo‘lovchi tashish lisenziyasini olish mutlaqo BEPUL!

12.06.2025
❗️ Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordamni onlayn rasmiylashtiring!

🗣Kam ta’minlangan, jumladan, 18 yoshgacha farzandi bo‘lgan oilalar endi my.gov.uz portali orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash xizmatiga oson va qulay tarzda murojaat qilishlari mumkin.

11.06.2025
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

🕌 Aziz vatandoshlar! Yuraklarni ezgu niyatlar va rahm-shafqat tuyg‘ulariga to‘ldiradigan Qurbon hayiti bilan barchangizni tabriklaymiz.

06.06.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting