❗️ Eʼtiborli boʻling, xorijga chiqishdan oldin koʻngilsizlikka duch kelmang!
✈️ Chegara postida “taqiq” aniqlanib, muammo chiqmasligi va barcha rejalar barbod boʻlmasligi uchun xorijga chiqishga cheklov bor-yoʻqligini oldindan tekshirib olishni maslahat beramiz.
📱 my.gov.uz'dagi tegishli xizmat orqali buni aniqlash juda oson. Keyin koʻngilni xotirjam qilib safarga otlanaverasiz.
🔔 Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish xizmati orqali soʻrov kiritsangiz bas. Tizim avtomatik tarzda zarur maʼlumotni taqdim etadi.
✅ Xorij safaringiz koʻngildagidek va xotirjam oʻtsin.