Yangi talqinga o'tish
image

☄️ Oromgohlarga yo‘llanmani onlayn oling!

26.05.2025

🔔 Umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakunlanib, o‘quvchilar yozgi ta’tilga chiqishdi. Yozgi ta’tilda bolalar vaqtini mazmunli tashkil etish uchun my.gov.uzda sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish xizmati ishga tushirildi.

 🟡 Ushbu imkoniyat orqali ota-onalar o‘z farzandlari uchun qulay mavsum va oromgohni tanlab, uydan chiqmasdan turib ariza yo‘llashi va to‘lovni amalga oshirib, yo‘llanma olishi mumkin. 

👉 Xizmatdan foydalanish uchun:
⏺ my.gov.uz portalidan "Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish uchun ariza berish" ni tanlaysiz;
⏺ Yo‘llanma olmoqchi bo‘lgan farzandingizni belgilaysiz;
⏺ Oromgoh va qulay mavsumni ko‘rsatasiz;
⏺ To‘lovni amalga oshirib, elektron yo‘llanmani olasiz.
⏺ Yo‘llanma to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng avtomatik ravishda shakllanadi.

Muhim: Yo‘llanma band qilingach, 30 daqiqa ichida to‘lov to‘liq amalga oshirilmasa, u avtomatik tarzda bekor bo‘lib, band qilingan yo‘llanma qayta sotuvga chiqariladi.
Bolalar oromgohlariga yo‘llanma 7-14 yoshdagi bolalarga beriladi. 

💰 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari farzandlari uchun yo‘llanma narxining 50% miqdori Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi va portaldagi yo‘llanma narxlari ushbu kompensatsiya puli inobatga olingan holda shakllantiriladi.

👫 Mazkur xizmat orqali farzandingiz uchun sog‘lom va mazmunli ta’tilni tashkil etishga shoshiling.

📱 my.gov.uz xizmatlaridan foydalanib, vaqtingizni tejang!

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting