🗣 Hurmatli foydalanuvchilar!
✅ Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirilganidan so‘ng, bir oy ichida arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari yoki DXM) shaxsan tashrif buyurishingiz va barmoq izlari hamda yuz tasvirini raqamli formatda topshirishingiz lozim.
⏳ Belgilangan muddatda ma’lumotlar yig‘ish punktiga kelmagan taqdirda, Sizning arizangiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyundagi PQ-4079-son qaroriga muvofiq ko‘rib chiqilmasdan qoldirilishi mumkin.
📱 Yangiliklar va foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘lib borish uchun sahifamizni kuzatishda davom eting!