Yangi talqinga o'tish
image

☄️ my.gov.uzda "O'zini o'zi band qilish" xizmati yanada qulaylashdi! Ortiqcha ovoragarchilikka chek qoʻying!

15.05.2025

📱 Hayotingizni osonlashtirish uchun my.gov.uz tinimsiz ishlamoqda! 

🟡 Endi "O'zini o'zi band qilish" xizmati yanada takomillashtirildi va sizga maksimal qulaylik va raqamli xavfsizlikni birgalikda taqdim etadi. Bunga ortiqcha vaqt va pul sarflash shart emas!

Hammasi juda oddiy!
Ariza toʻldirish jarayonida sizdan faqat faoliyat turi, uni amalga oshirish hududi va telefon raqamingizni kiritish talab qilinadi. Shundan soʻng, yuzni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali shaxsingizni tasdiqlasangiz kifoya. Boʻldi, faoliyatingiz rasman roʻyxatdan oʻtadi!

👉 Bu xizmat shunchaki roʻyxatdan oʻtishdan ko'ra koʻproq imkoniyatlar beradi:
✅  Kerakli ma'lumotnomalarni osongina yuklab olasiz.
📝 Agar faoliyatingiz oʻzgarsa, uni tezda yangilashingiz mumkin.
⌛ Zarurat tugʻilganda, faoliyatingizni bekor qilish ham oddiy.

🧑‍💻 Agar siz oʻz kasbingiz egasi boʻlib, erkin ishlashni xohlasangiz, my.gov.uz orqali faoliyatingizni rasmiylashtirib qoʻyishni unutmang! Bu sizga rasmiy maqom beradi va kelajakda bir qancha imtiyozlarga ega boʻlishingizga ko'maklashadi.

👉 Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari roʻyxati bilan tanishishni unutmang!

🚀 Yangiliklar va foydali maslahatlardan doimiy xabardor boʻlish uchun bizni kuzatishda davom eting!

Barcha yangiliklar

❗️ Talabalar turar joyiga ariza topshirish boshlandi

❗️ Talabalar turar joyiga ariza topshirish boshlandi

01.08.2025
Bugun – Xalqlar doʻstligi kuni!

Xalqlar doʻstligi kuni Xalqlar doʻstligi kuni – bu millatlararo tinchlik, totuvlik va oʻzaro hurmatni mustahkamlovchi xalqaro sana sifatida e’tirof etiladi.

30.07.2025
⚡️Joriy yilgi test sinovlaridan oʻtdingizmi? Endi yana bir muhim va hayajonli bosqich – taʼlim muassasalarini tanlash vaqti keldi!

⚡️Joriy yilgi test sinovlaridan oʻtdingizmi? Endi yana bir muhim va hayajonli bosqich – taʼlim muassasalarini tanlash vaqti keldi!

29.07.2025
☄️ Siz to‘g‘ri tanlov qildingiz!

☄️ Siz to‘g‘ri tanlov qildingiz!

28.07.2025
⚡️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling!

⚡️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling!

26.07.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting