Yangi talqinga o'tish
image

Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki ajralganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani olish

01.02.2021

Har oyda minglab yurtdoshlarimizdan ushbu maʼlumotnoma so‘raladi. Endi uni olish uchun FHDYO bo‘limlarida navbat kutishlar ortda qoldi.

Qaysi maʼlumotnoma deysizmi?

Gap — Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani olish haqida ketyapti.

Ushbu xizmat Yagona portalda ham ko‘rsatiladi va sizni vaqtni behuda sarflashdan qutqaradi.

Bu qanday ishlaydi?

Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan o‘tib maʼlumotnoma tuldiradi, so‘ng belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi. So‘rovnoma FHDYO organiga yuboriladi.

FHDYO organi QR-kod qo‘yilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi hamda YIDXP orqali yuboradi.

Agar so‘rovnomada so‘ralayotgan maʼlumotlar FHDYO organida mavjud bo‘lmasa u tegishli ravishda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlariga yuboriladi va bu xaqda arizachi xabardor qilinadi.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar haqidagi maʼlumot bu yerda: (https://my.gov.uz/oz/service/112)

Xizmat 3 ish kunida ko‘rsatiladi.

To‘lov miqdori — Yagona portal orqali murojaat kilinganida BHMning 4,5 foizi.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/oz/service/112

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting