Yangi talqinga o'tish
image

Elektron raqamli imzo

27.08.2020

Chiroyli imzo bilan juda ozchilik maqtana oladi, boisi ko‘pincha uni 16 yoshga to‘liboq birinchi pasportingizni olayotganingizda o‘ylab topishingiz kerak bo‘ladi.

Ushbu kichik, ammo unchalik yoqimli bo‘lmagan muammoning yechimi bo‘lib elektron raqamli imzo (ERI) bo‘lishi mumkin. ERI - bu an’anaviy qo‘l imzosiga zamonaviy alternativadir. Elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsingizni tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo kerak.

ERI juda ko‘p afzalliklarga ega, ehtimol eng muhimlari quyidagilardir:
- hujjatlarning haqiqiyligi kafolatlanganligi;
- xizmatlarni olishga va hujjatlar almashinuviga ketadigan zarur bo‘lgan vaqtni sezilarli darajada qisqarishi.

Beo‘xshov imzodan hadeb ranjimaslik maqsadida, Siz aynan shunday holatlar uchun e.imzo.uz saytiga yo‘l olish tugmachasi o‘rnatilgan Yagona portalga tashrif buyurishingiz mumkin. 

Ushbu saytda Siz anketani to‘ldirishingiz va kerakli talablarni bajarishingiz hamda ariza maqullangandan so‘ng, ERI kalit sertifikati faylini kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi.

Diqqat, xavfsizlik nuqtai nazaridan aktivatsiya kodini hech kimga ko‘rsatmaslik va kodni xavfsiz joyda saqlash tavsiya etiladi.

Va nihoyat, ERI kalit sertifikatini berish uchun jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash qiymatining 7 foizi, yuridik shaxslardan esa 10 foizi miqdorida haq olinadi.

My.gov.uz - davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning, asabingizni asrang va vaqtingizni tejang!

Xizmatga o‘tish havolasi - https://my.gov.uz/uz/service/357

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting