Yangi talqinga o'tish
image

My.gov.uz portali orqali 2 ta yangi davlat xizmatlari ishga tushirildi

04.03.2024

2024-yil 1-mart sanasidan boshlab My.gov.uz portalida yoshlarning IT-sertifikat xarajatlarini qoplash va o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi:

1) Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-Park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga subsidiya ajratish xizmati

Ushbu xizmat orqali bitiruvchisi IT xizmatlar eksport qiluvchi kompaniyaga ishga joylashgan o‘quv markazlariga BHMning 75 baravarigacha (25,5 mln so‘mgacha), nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha (35,7 mln so'mgacha) bir martalik subsidiya ajratiladi.

Ariza berish uchun: https://my.gov.uz/uz/service/901

2) Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish xizmati

Mazkur xizmаt orqali ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Xizmatdan foydalanish uchun: https://my.gov.uz/oz/service/622

Mazkur xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-51-son qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yildi.

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting