Yangi talqinga o'tish
image

Attestatsiyadan oʻtish va malaka toifalarini olish endilikda onlayn shaklda amalga oshiriladi

23.01.2024

Endilikda tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari hujjat topshirish va attestatsiyadan oʻtish uchun poytaxtga ovora boʻlib kelib yurmaydi. Vaqti va mablagʻini behuda sarflamaydi.

Ular ham my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda attestatsiyadan oʻtish va malaka toifalarini olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Xizmatdan foydalanish uchun:
▫️ ariza beruvchi my.gov.uz da roʻyxatdan oʻtadi;
▫️ soʻrov yuboradi.

Hujjatlardan:
▫️ malaka attestati nusxasi;
▫️ malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi boʻlsa bas.

Yagona portal orqali ariza yoʻllanganda 10 foiz chegirma hisobiga:
▫️ Shifokor va farmatsevtlar – 612 000 soʻm (1.8 BHM);
▫️ Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokor va farmatsevtlari – 153 000 soʻm (0.45 BHM);
▫️ “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlari – 61 200 soʻm (0.18 BHM) toʻlaydilar.

My.gov.uz bilan barchasi oson, tez va qulay!

Barcha yangiliklar

Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

02.09.2025
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi muborak bo'lsin!

31.08.2025
My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

My.gov.uz portalida mustaqil ravishda poliklinikaga ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek poliklinika yoki shifokorni o‘zgartirish mumkin!

14.08.2025
📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

📱 MyGov ilovasi bilan hayotingizni yanada osonlashtiring!

13.08.2025
🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

🟡 my.gov.uz bilan internetga ulanish osonmi?

12.08.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting