Yangi talqinga o'tish

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
  • Salom 👋
    Sizga qanday yordam bera olaman?

Xizmatlar

Foydali ma'lumotlar

Bojxona

Litsenziat tovarlarini saqlashga mo‘ljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziat tovarlaridan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari ham joylashtirilishi mumkin.

Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;

maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan va yotoqxonalarda yashovchi o‘quvchilari.

Dehqon xo‘jaliklarini, davlat korxonalari negizida tuzilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

1) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

2) IV reyting guruhiga kiritilgan, ta’lim muassasalarida o‘qiydigan va konsert-tomosha faoliyatida ishtirok etish huquqini birinchi marta olayotgan ijrochilar mazkur ta’lim muassasasida o‘qish muddati davomida, lekin konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini olgan sanadan bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda davlat bojini to‘lamaydi (tegishli tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda).

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojini to‘lovchi pensionerlar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun belgilangan miqdorning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.

Davlat notarial idorasining xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish istagini bildirgan notariusi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin.

Hammasini ko'rsatish