Xizmatlar

Foydali ma'lumotlar

Kadastr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5984-son Farmoniga asosan bu qoida olib tashlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi" yo‘riqnomaning (04.01.2019-yil, ro‘yxat raqami 3113) 4-bandida notarius notarial harakat amalga oshirishni so‘rab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.

Shuningdek, notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsa-da (shubha tug‘dirsa-da), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida maʼlumotlar bo‘lmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini tizim orqali tekshiradi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537 son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 38 bandining K qismida ko‘rsatilgan oilalarning o‘rtacha oylik daromadi: qishloq joylarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori; shaharlarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori; Toshkent shahrida — MHTEKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lmasligi belgilangan.

Hammasini ko'rsatish
Subsidiya

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.

 

Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi.

Ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma u berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.

Bunda talabgor foydalanmagan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z xohishiga ko‘ra komissiyaga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin.

Komissiya talabgorning rad etish to‘g‘risidagi arizasiga asosan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda dasturiy ta’minot tizimiga tegishli tuzatishlar kiritadi (subsidiya olish to‘g‘risidagi topshirilgan ariza bekor qilinishi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga xabar beradi). Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiyalar ajratishning parametrlarida rad etilgan subsidiyalar soni qayta inobatga olinadi.

Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomasi yoki arizasi rad etilgan talabgor yoki ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda bir yilda qayta (ikki marta) murojaat qilishga haqli.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2024 yildagi PF-70-son Farmoniga muvofiq, kambagʼallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʼlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʼmgacha ipoteka kreditlari ajratilishi belgilangan.

Hammasini ko'rsatish

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting