Muxlisa AI
(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Xizmatlar
Foydali ma'lumotlar
Platformalar xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz, e-auksion.uz, xarid.uz O'zbekistonda elektron xaridlarning onlayn platformalari bo'lib, turli tovarlar va xizmatlarni xarid qilish jarayonini osonlashtirish uchun mo'ljallangan.
Onlayn xaridlarning afzalliklari:
Davlat idoralari va tadbirkorlik faoliyatida platformadan foydalanish: Platformalardan O‘zbekistondagi davlat idoralari, korxona va tashkilotlari xarid faoliyatini elektron shaklda samarali amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin.
Shaffoflik va samaradorlik: Bunday elektron sotib olish tizimlari shaffoflikni oshirish, hujjatlarni qisqartirish va sotib olish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan bo'lib, uni yanada samarali va arzonroq amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Foydalanuvchilar uchun xizmatlar: Platformalar xarid e'lonlarini joylashtirish, takliflar berish va sotib olish qoidalari va ko'rsatmalari bilan bog'liq ma'lumotlarga kirish kabi xizmatlarni taklif qilishi mumkin.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish usullari:
-onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish orqali)
-Istalgan davlat xizmatlari markazi orqali
Taqdim etiladigan hujjatlar:
arizachiningng shaxisni tasdiqlovchi hujjat
Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi)
Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining
1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)
Masʼuliyati cheklangan jamiyati 15-30 daqiqada davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning (https://lex.uz/docs/22525), Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-72-moddalar (https://lex.uz/docs/111189), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi (https://lex.uz/docs/3111347)
Oilaviy korxona ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy korxonani boshqarishda, qarorlar qabul qilishda, moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish;
oilaviy korxona ta’sis shartnomasining shartlariga bog‘liq holda foydadan o‘z ulushini olish;
oilaviy korxona tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish;
agar oilaviy korxonaning ta’sis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, oilaviy korxona tarkibidan chiqishda oilaviy korxona mol-mulki qiymatining bir qismi ustav fondiga o‘zi kiritgan mol-mulk miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib berilishi yoki shunday qiymatdagi mol-mulk natural holda o‘ziga ajratib berilishi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Oilaviy korxona ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish usullari:
- Onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish talab etiladi)
- Istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda
Taqdim etiladigan hujjatlar:
Arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat
Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining
1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)
Yakka tartibdagi tadbirkorlar 15-30 daqiqada davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo‘yilgan talablar:
YTTlar faqat hukumat qarori bilan tasdiqlangan faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati lex.uz hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomi lex.uz.
• Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan ozod etiladi.
Belgilangan soliq imtiyozlari toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar miqdoriga qarab beriladi:
• 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;
• 5 million AQSH dollaridan ortiq va 15 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;
• 15 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 10 yil muddatga.
Alohida soliqlar boʻyicha imtiyozlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tatbiq etilmaydi. Bu cheklov turizm va chiqindilar bilan bogʻliq sohasida korxonalarga taalluqli emas.
Normativ hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3730168) ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 13-oktyabrdagi 823-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3984545#3997238) vakolatli organ soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida QR-kodli (matrik shtrixli kod) soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) ariza beruvchiga (YIDXP yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda) elektron tarzda yuboradi. Ya’ni xizmat avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.